Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan joriy yilning 26-noyabr kuni universitet sport zalida erkin kurash bo’yicha master-klass o’tkazildi.
Unda Rio Olimpiadasi va Jahon chempionati sovrindori, “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi” va “O’zbekiston iftixori” Ixtiyor Navro’zov talabalar bilan mashg’ulot o’tkazdi.
Mashg’ulot davomida mazkur sport turining harakatlari, boshqa kurash turlaridan farqli jihatlari, siltab tortish, qayirib va aylantirib tashlash, oyoq qismidan ushlab usullar bajarish, sof g’alaba, texnik ustunlik yoki chetlatish xususida amaliy ma’lumotlar berildi.