Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga 2022 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha qabul e’lon qiladi.

О‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI  

Oliy о‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga 2022 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bо‘yicha qabul e’lon qiladi:

 

Tayanch doktoranturaga (PhD):

05.09.02 – “Asoslar, poydevorlar va yer osti inshoatlar, kо‘priklar va transport tonellar, yо‘llar, metropolitenlar” – 20 о‘rin;

05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” – 3 о‘rin;

05.02.08 – “Yer usti majmualari va uchish apparatlari” – 3 о‘rin;

05.08.02. – “Temir yо‘llar va yо‘l xо‘jaligi” – 3 о‘rin;

05.08.03. – “Temir yо‘l transportini ishlatish” – 9 о‘rin;

05.08.05. – “Temir yо‘llarining harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” – 8 о‘rin;

05.08.06. – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” – 7 о‘rin;

08.00.03. – “Sanoat iqtisodiyoti” – 4 о‘rin;

05.10.01. – “Mehnatni muhofaza qilish va inson faoliyati xavfsizligi” – 1 о‘rin;

09.00.04. – “Ijtimoiy falsafa” – 2 о‘rin;

04.00.04. – “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi” – 1 о‘rin;

05.01.06. – “Xisoblash texnikasi va boshqaruv tizimlarining elementlari va qurilmalari” – 1 о‘rin;

05.09.07. – “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” – 2 о‘rin;

01.02.04. – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” – 3 о‘rin;

05.02.01. – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi” – 3 о‘rin.

 

Doktoranturaga (DSc):

05.09.02 – “Asoslar, poydevorlar va yer osti inshoatlar, kо‘priklar va transport tonellar, yо‘llar, metropolitenlar” – 1 о‘rin;

05.08.03. – “Temir yо‘l transportini ishlatish” – 2 о‘rin;

05.08.05. – “Temir yо‘llarining harakatlanuvchi tarkibi, poyezdlarni tortish va elektrlashtirish” – 1 о‘rin;

05.08.06. – “G‘ildirakli va gusenitsali mashinalar va ularni ishlatish” – 2 о‘rin;

09.00.04. – “Ijtimoiy falsafa” – 1 о‘rin;

 

 

Talab qilinadigan hujjatlar:

Tayanch doktoranturaga:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bо‘yicha) tо‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar rо‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida uchta);

– yetakchi olimlardan birining ilmiy maslaxatchi sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi;

– О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.        

 

Doktoranturaga:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

– tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari.

Xujjatlar e’lon chiqqan  kundan boshlab joriy yilning 15 oktabrigacha qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Temiryо‘lchilar  kо‘chasi, 1 uy, 333-xona

Telefon:  +998 71 299-00-26

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram