Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Oliy matematika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

“Oliy matematika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi

2022-yil 20-may kuni Toshkent davlat transport universiteti Qurilish muhandisligi fakultetining “Oliy matematika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi. “Ochiq eshiklar” kuni tadbiriga Toshkent shahar Sirgʻali tumanidagi 6-son Ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi, Mirobod tumanidagi 147-sonli umumtaʼlim maktabi, “Toshkent avtomobil va yoʻllar” texnikumi, hamda Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyidan jami 200 ga yaqin bitiruvchi oʻquvchilar oʻz oʻqituvchilari bilan birgalikda tashrif buyurdi.
Tadbirda “Oliy matematika” kafedra mudiri dotsent D.B. Eshmamatova, katta oʻqituvchisi A.A.Eshqobilov va kafedra professor-oʻqituvchilari faol qatnashib oʻquvchi yoshlarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdilar.
Bundan tashqari, universitetning oʻquv jarayoni, kutubxonasi (ARM), universitet fakultetlari va taʼlim yoʻnalishlari haqida kafedra professor-oʻqituvchilari oʻquvchilarga toʻliq maʼlumotlar berdi. Oʻquvchilarda oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar” tadbiri katta taʼsurot uygʻotdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!