Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Oliy o‘quv yurtlarining magistraturasiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda

Oliy o‘quv yurtlarining magistraturasiga qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2022/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 10 031 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Jami qabul qilingan arizalar soni 5219 tani tashkil qildi.

Shundan:

➖ xorijiy til sertifikatiga egalar — 4582 ta;

➖ davlat stipendiantlari — 296 ta;

➖ kimyo, biologiya va informatika yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplom egalari — 159 ta;

➖ kimyo, biologiya, fizika va informatika fan olimpiadalari g‘oliblari — 12 ta;

➖ ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi a’lo baholarga o‘qigan bitiruvchilar — 170 ta.

Talabgorlar magistratura qabul natijalarini magistr.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!