Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Oliy taʼlim muassasalari prorektorlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi

Oliy taʼlim muassasalari prorektorlari ishtirokida seminar-trening boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 4-5 avgust kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilgan Qozon federal universitetida qisqa muddatli stajirovka oʻtab kelgan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha rahbar oʻrinbosarlari Rossiyaning ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirishdagi tajribasi va ularni yurtimizda qoʻllash imkoniyatlari haqida fikr almashildi..

Tadbirning birinchi kuni «Zamonaviy universitetda biznes jarayonlar», «Muvaffaqiyatli loyiha uchun
24 qadam», «Universitet 4.0. Transformatsiya va rivojlantirish istiqbollari», «Аktseleratsiya vositalari» kabi mavzularda maʼruzalar oʻqildi, taqdimotlar qilindi, savollarga javoblar berildi.

Toshkent davlat transport universiteti ilmiy ishlar innovatsiyalar boʻyicha prorektori S.Shaumarov seminarda qatnashdi. Seminar doirasida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijro holati muhokama etildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!