Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish va qayta tiklash yuzasidan…

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish va qayta tiklash yuzasidan…

Savol: Talabalar o’qishini ko’chirish yoki qayta tiklash bo’yicha ruxsat berish vakolati qaysi komissiyalarga tegishli?

Javob. O’qishini ko’chirish bo’yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15-iyuldan 5-avgustga qadar amalga oshiriladi. Bu masalada 4 ta vaziyatli holat bo’lishi mumkin.
Har bir holatda qaror qabul qilish vakolati quyidagicha:

BIRINChI VAZIYAT: O’qishni ko’chirish va qayta tiklash bir oliy ta’lim muassassi (OTM) doirasida bo’lsa.
1-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lsa, Oliy ta’lim muassasasi komissiyasi!
2-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lmasa, Davlat komissiyasi!

IKKINChI VAZIYAT: O’qishni ko’chirish va qayta tiklash bitta vazirlik (idora) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo’lsa.
1-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lsa, OTM bo’ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
2-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lmasa, Davlat komissiyasi!

UChINChI VAZIYAT: O’qishni ko’chirish va qayta tiklash alohida (ikkita) vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi universitetlar doirasida bo’lsa.
1-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lsa, OTM bo’ysinuvchi vazirlik komissiyasi!
2-variant: Yo’nalishlar mos va turdosh bo’lmasa, Davlat komissiyasi!

TO’RTINChI VAZIYAT: Xorijiy (akkreditatsiyaga ega bo’lgan) oliy ta’lim muassasalaridan o’qishini O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko’chirish.
Variant: Yo’nalishlar mos va turdoshligidan qat’i nazar, Davlat komissiyasi!

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida nizom