OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Onalik va bolalik davlat himoyasida

Onalik va bolalik davlat himoyasida

Har bir oila a’zosining sog’lom bo’lishi, yangi tug’ilgan farzandning sog’ va salomat katta bo’lishi qanchalik muhim iqtisodiy hamda ma’naviy masala ekanligini hammamiz yaxshi tushunamiz. Xukumatimiz rahbari tomonidan Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog’lom avlodni shakllantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari mamlakatimizda oilalarning ijtimoiy barqarorligi, farovonligi yo’lida olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirdi. Shuningdek, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog’lom bola tug’ilishi, har tomonlama yetuk avlodni voyaga yetkazish, yoshlarda sog’lom va ahil oila qurishga, sog’lom turmush tarzi olib borishga intilishni shakllantirish kabi muhim vazifalarni amalda bajarish uchun dasturi amal bo’ldi.
Toshkent davlat transport universiteti xududida Mirobod tumani maktabgacha ta’lim bo’limi 64-son maktabgacha ta’lim muassasasi joylashgan bo’lib, universitetda taxsil olayetgan talaba qizlarning farzandlari to’lovlik guruxlarda tarbiya olishmoqda. Ertalab darsga kelayetgan talaba va magistr qizlarimiz farzandlarini bolalar bog’chasiga olib kelib, darslari tugagandan so’ng, olib ketishlari mumkin. Bunday MTMning universitet xududida joylashgani, universitetda talaba qizlariga o’qishlarida uzviylikni ta’minlanishida qulayliklar yaratmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram