Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

ONLAYN MA’RUZA BO’LIB O’TDI

ONLAYN MA’RUZA BO’LIB O’TDI

Joriy yilning 19-yanvar kuni universitet Xalqaro hamkorlik bo’limi tashabbusi bilan Qurilish muhandisligi fakulteti o’qituvchilari va talabalari o’rtasida onlayn ma’ruza soatlari o’tkazildi.

Uchrashuvda bo’lim boshlig’i Ma’sumxon Xakimov, bo’lim uslubchisi Nazira Olimova fakultet o’qituvchilari va talabalariga bo’lim faoliyati bo’yicha tahliliy ma’lumotlar taqdim etishdi. Uchrashuv qiziqarli savol javoblarga boy tarzda o’tdi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan ta’lim dasturlari, tillar kursi, chet elda amaliyot o’tash va boshqa qiziqtirgan savollar bo’yicha bo’lim xodimlaridan yetarli ma’lumotlar olishdi. Kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam o’tkazib turish ta’kidlab o’tildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!