Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Online muloqot bo’lib o’tdi

Online muloqot bo’lib o’tdi

Xabaringiz bor, yanvar oyi davomida “Rahbar va yoshlar” loyihasi doirasida 3 marotaba O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.A. Gulamov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i, qabul komissiyasi mas’ul kotibi o‘rinbosari M.A. Xadjimuxamedova, qabul komissiyasi mas’ul kotibi Z.Sh. Tursunov ishtirokida onlayn ochiq muloqotlar tashkil etildi.

Talaba-yoshlar bilan bevosita aloqa o‘rnatish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish, savollariga javob berish maqsadida tashkil etilgan muloqotlar endilikda fakultetlar kesimida dekan, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida ham o‘tkazilmoqda. Muloqot davomida asosan onlayn o‘qish tartibi, onlayn imtihon topshirish, talabalar turar joylari, ikkinchi qaydnoma (vedomost) muddatlari, qishki o‘qishni ko‘chirish tartibi, ijara to’lovlari va boshqa masalalar yuzasidan savollarga batafsil javob berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!