Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlar uchun “Arizangiz qabul qilindi” nimani anglatadi?

O’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlar uchun “Arizangiz qabul qilindi” nimani anglatadi?

Agar siz bir davlat OTMidan boshqasiga yoki bir OTM ichida bir yo’nalishdan boshqasiga ko’chirish uchun ariza bergan bo’lsangiz va transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingizda “Arizangiz qabul qilindi” degan yozuv chiqqan bo’lsa, bu o’qishni ko’chirishga ruxsat berildi, degani emas. Bu yozuv shunchaki birlamchi texnik tekshiruvdan muvaffaqiyatli o’tib, arizangiz komissiya ko’rib chiqishi uchun qabul qilinganini bildiradi.

Tez orada arizangizni tegishli komissiya ko’rib chiqadi va o’z xulosasini ma’lum qiladi.

Agar komissiya uzrli sabab sifatida ko’rsatgan vajlaringizni asosli deb topsa, bazaviy (oddiy) to’lov-kontrakt asosida o’qishni ko’chirishga ruxsat beradi.

Agar uzrli sabab mavjud emas deb topsa, unda tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to’lov-kontrakt asosida o’qishni ko’chirishga tavsiya etadi. Bunday holatda o’sha talaba o’qishni ko’chirish uchun ariza bergan yo’nalishida super-kontrakt to’lab o’qishga majbur emas. Talabaning sharoiti ko’tarsa o’qiydi, yo’qsa o’zining avvalgi joyida o’qishini davom ettiraveradi. “O’qishni ko’chirish uchun ariza bergan ekansan, endi bizda o’qimaysan”, deb talabalar safidan chiqarishmaydi.