Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni tantanali nishonlandi

Bugun O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayramini nishonlash maqsadida Transport universiteti tantanalar maydonida bayram tadbiri tashkil etildi.

Transport vaziri Ilxom Maxkamov, Transport prokurori Marufxon Xodjayev va Rektor Odil Abduraxmanov tantanali tadbir ishtirokchilarini umumxalq bayrami bilan tabrikladi. Yurtimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, jumladan transport ta’limi Prezident e’tiborida ekanligi ta’kidlandi. Sohada erishilayotgan barcha yutuqlar fidoyi ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati evaziga kundan-kun ortib borayotgani qayd etildi. Mamlakatimiz transport sohasining kelajagi Transport universiteti professor-o‘qituvchilari va ta’lim-tarbiya fidoyilariga bevosita bog‘liqligi e’tirof etildi.

Tantanali tadbirda ayni kunlarda Transport universitetida faoliyat olib borayotgan xorijlik olimlar bilan bir qatorda Germaniyadan tashrif buyurgan Kirsten Myuller va Mark Vallerlar kabi soha mutaxassislari ham qatnashdilar.

Universitet yoshlari tomonidan ustozlarni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar yangradi. Shundan so‘ng bayram ishtirokchilari universitet faollar zaliga taklif etildi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram