Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’QUV-USLUBIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

O’QUV-USLUBIY SEMINAR BO’LIB O’TDI

Universitetda ta’lim jarayonini kredit-modul tizimida samarali tashkil etish va talabalar bilimini nazorat qilishda shaffoflikni ta’minlash, professor-o’qituvchilarga sharoit yaratish maqsadida universitet rektorining 22.12.2021 yildagi O’quv seminari tashkil etish to’g’risidagi farmoyishini bajarish maqsadida Qurilish muhandisligi fakultetida o’quv-uslubiy seminar tashlik etildi.

O’quv-uslubiy seminarda fakultet professor o’qituvchilari faol ishtirok etishdi. Ta’limning kredit tizimini boshqarish sektorining mas’ul mutaxassislari tomonidan o’quv seminari uchun “Toshkent davlat transport universitetida ta’lim jarayonini kredit-modul tizimida tashkil etish va talabalar bilimini nazorat qilish tartibi” (Akademik qoidalar) to’g’risida ma’lumot berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!