Universitet rektorining 12.01.2022 yildagi №2-F sonli farmoyishi ijrosini yuzasidan 14.01.2022 yil Qurilish muhandisligi fakulteti “Oliy matematika” va “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi professor o’qituvchilari uchun o’quv uslubiy seminar tashkil etildi. Kun tartibida PQ-60 “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqilligini ta’minlash”, PQ-61 “Davlat OTM moliyaviy mustaqillik berish chora tadbirlari” to’g’risidagi qarorlardan kelib chiqadigan imkoniyatlar professor o’qituvchilarga tushuntirib berildi. Kelgusida ushbu qarorlar ijrosi yuzasidan kafedralar va ularga tegishli ta’lim yo’nalishlarini optimallashtirish yuzasidan qilinadigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.