Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Osiyo taraqqiyot bankining transport bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Devid Shelton bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Osiyo taraqqiyot bankining transport bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Devid Shelton bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati va Asian Development Bank vakillari bilan respublikada transport tizimini takomillashtirish loyihalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida respublikada transport sohasiga innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va intellektual transport tizimlarini tadbiq etish masalalari muhokama etildi. Kelgusida hamkorlikda ishlar olib borishga kelishib olindi.

Shuningdek, transport sohasidagi meyoriy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqish, transport infrastrukturasi va yoʻllarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya jarayonlariga ilgʻor xorijiy tajribani keng joriy etish boʻyicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun: D.Sheltonning mutaxassisligi yo’l tizimlarini boshqarish va yo’l harakati xavfsizligi siyosati va strategiyalarini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. OTBga qoʻshilishdan oldin u davlat va milliy darajada yoʻl harakati xavfsizligi strategiyalarini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan, davlat va xususiy sektor xavfsizligi tizimini ham ichki, ham xalqaro miqyosda ishlab chiqqan. U Avstraliya hukumatida yetakchi ekspert, Milliy yo‘l harakati xavfsizligi ijrochi raisi, Avstraliyaning yangi avtomobillarni baholash va sinovdan o‘tkazish dasturi boshqaruvi a’zosi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!