OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

OTB O‘zbekistonga tezyurar temir yo‘l qatnovini rivojlantirish uchun 162 million dollar ajratadi

OTB O‘zbekistonga tezyurar temir yo‘l qatnovini rivojlantirish uchun 162 million dollar ajratadi

Bu mablagʻlar Oʻzbekiston gʻarbidagi yirik sanoat markazlarini bogʻlovchi 465 kilometrlik temir yoʻl liniyalarini elektrlashtirishga yoʻnaltiriladi. Gap Buxoro – Miskin – Urganch – Xiva temir yo‘li haqida bormoqda.

Loyihaning amalga oshirilishi bu yerda soatiga 250 kilometrgacha tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlaridan foydalanish imkonini beradi, bu esa Buxoro va Xiva o‘rtasidagi qatnov vaqtini ikki soatgacha, Toshkent va Xiva o‘rtasidagi qatnovni yetti soatgacha qisqartiradi.

“Buxoro-Xiva” liniyasi elektrlashtirilgach, yillik yoʻlovchi tashish hajmi joriy yilda 280 mingga yaqin yoʻlovchidan 2026-yilga borib 1 milliondan ortiq yoʻlovchiga yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, prognozlarga ko’ra, 2026-yilga borib yuk tashishning umumiy hajmi yiliga 11,8 million tonnani tashkil etadi.
Loyiha doirasida elektron chiptalar tizimini ishlab chiqish, shuningdek, temir yo‘l vokzallari atrofidagi shahar infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, ularga ayollar, bolalar, qariyalar va nogironlarning xavfsiz kirishini ta’minlash chora-tadbirlari ko‘zda tutilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!