OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’z-o’zini moliyalashtiradigan ilmiy-tadqiqot bo’limi

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETINING (TDTU) O’Z-O’ZINI MOLIYALASHTIRADIGAN ILMIY-TADQIQOT SEKTORI (O’O’MITS)

O’O’MITS (O’O’MITS)  TDTUning o’z faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari asosida amalga oshiradigan tuzilmaviy bo’linmasi bo’lib hisoblanadi.

O’O’MITS universitetidagi faoliyatini yagona ta`lim-ilmiy ishlab chiqarish majmuidagi faoliyat sifatida amalga oshirib, bevosita universitet Rektoriga bo’ysunadi.

O’O’MITS ning eng muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

  • jamoa ilmiy salohiyatini doimiy rivojlantirib borish va undan imkon qadar to’liq foydalanish hamda uning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivoji masalalarini hal etishga qo’shadigan ulushini tobora oshirib borish;
  • mutaxassislarni tayyorlash sifatini va professor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy pedagog kadrlar malakasini oshirib borish;
  • fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkazish;
  • barcha professor-o’qituvchilar va o’quv-ko’makchi tarkiblarni xo’jalik hisobidagi ITIlarni bajarishga imkon qadar ko’proq jalb etish orqali  ilmiy tadqiqotlarning o’quv jarayoni bilan bog’liqligini mustahkamlash;
  • Universitetda xo’jalik hisobi, o’z-o’zini moliyaviy ta`minlash va o’z-o’zini oqlash tamoyllari asosida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatini rejalashtirish, tashkillashtirish va boshqarishni takomillashtirib borish;
  • TDTU moddiy-texnik bazasining rivojlanishini ta`minlash.

O’O’MITS korxonalar, ilmiy muassasalar va tashkilotlar bilan xo’jalik shartnomalari asosida aloqalarni amalga oshirishi mumkin.

O’O’MITS buyurtmachilar bilan fundamental, izlanish va amaliy tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlanmalarni bajarishga, ilmiy-texnik mahsulot yaratish maqsadida innovatsion faoliyatni amalga oshirishga xo’jalik shartnomalarini tuzadi. 

O’O’MITS rahbari bo’lib universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor yoki universitet Rektori ishonchnomasi asosida «Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash» bo’limi boshlig’i hisoblanadi.

Ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati sohasidagi asosiy vazifalari:

  1. Ilm-fanni rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlarida yangi bilimlarni yaratish, yangi texnologiyalarni o’zlashtirishning asosi sifatida fundamental tadqiqotlarni ustuvor ravishda taraqqiy ettirish;
  2. Ilmiy-texnik taraqqiyotning eng so’nggi yutuqlari asosida OO’Yularda malakali mutaxassislar va oliy toifali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishini ta`minlash;
  3. Ilm-fan ishtirokini talab qilgan texnik mahsulotlar va yuksak texnologiyalar bozori uchun mo’ljallangan yangi texnika va materiallarning raqobatbardosh namunalarini yaratish maqsadida innovatsion faoliyatni rivojlantirish;
  4. Fanni mustahkamlash va rivojlantirish va ilmiy jamoalarning yuksak texnologiyabop mahsulotlar jahon bozoriga chiqishining asosi sifatida tadqiqotchilar va ishlab chiquvchilarning intellektual mulki va mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida sharoitlar yaratish;
  5. Ilm-fan va ta`lim jahon tizimiga kirish va ilmiy-texnik mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqish uchun xorijiy mamlakatlar o’quv muassasalari va firmalari bilan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish;
  6. Tubdan yangicha eksperimental-ishlab chiqarish bazasini yaratish;
  7. Byudjetdan tashqari mablag’lar va innovatsion faoliyatdan foydalanish hisobiga tadqiqotlar va ishlanmalarning moliyaviy asosini rivojlantirish.
  8. Ilmiy-pedagog kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiyalar rivojiga ko’maklashadigan ilmiy tadqiqotlarni bajarishga jalb etish.
  9. Olingan natijalarni ta`lim jarayonida qo’llash;
  10. Talabalarni ilmiy va texnik muammolarning qo’yilishi va hal qilinishi bilan amalda tanishtirish, hamda ulardan eng iqtidorlilarini ilmiy tadqiqotlarni bajarishga jalb qilish.

         O’O’MITS da:

2020 yilda 

  • sohalar burtmalari asosida  37 ta, umumiy summasi 1,627  mlrd. so’mga teng ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan;
  • davlat grantlari asosida 19 ta, 4 mlrd. 388 mln. so’mga teng tadqiqotlar o’tkazilgan.

2021 yilda 

  •  sohalar burtmalari asosida  28 ta, umumiy summasi 1 mlrd.817 mln.so’mga teng ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan;
  • davlat grantlari asosida 5 ta, 1 mlrd. 259 mln. so’mga teng tadqiqotlar o’tkazilgan.

Bo’lim haqida

Bo’lim haqida ma’lumot


Bo’lim xodimlari


Bo’lim faoliyati