Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“O‘zaeronavigatsiya” DUK bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

“O‘zaeronavigatsiya” DUK bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo’yicha tanlov e’lon qiladi

«O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK Direksiyasida joriy yilning 10-12 avgust kunlari «Havodagi harakatni boshqarish» mutaxassisligi bo‘yicha taʻlim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun, navbatdagi ko’rik tanlovini e’lon qiladi.
Mazkur tanlovda 19 yoshdan kichik bo‘lmagan, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo’lgan, o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqot qila oladigan, «Havodagi harakatni boshqarish» yo’nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot ega mutaxassislar ishtirok eta oladilar.
Izoh: Agarda talabgor xorijiy oliy bilim yurtini tugatganlik to‘g‘risida hujjat (diplom)ga ega bo’lsa, ushbu xorijiy diplom ijobiy xulosalar bilan nostrifikatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etilishi lozim.
«Nomzodlarni ro‘yxatga olish» jarayonining I -bosqichi 2022-yil 10-avgust kuni soat 09:00 dan-16:30 gacha bo‘lib o‘tadi.
Taʻlim muassasalarining bitiruvchilari ro‘yxatdan o‘tganlaridan so‘ng, ular tanlovda ishtirok etishlari uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi (ushbu tartibotni o‘tkazilish zarurligi, barcha tegishli hujjatlarni, hamda tanlovni rejalashtirishni tashkil etish bilan bog‘liq).

Ro‘yxatdan o‘tish, nomzod tanlov komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:

– Pasport (nusxasi);

– Bilim yurtini tugatganligi to‘g‘risidagi Diplom baholash varaqasi bilan (nusxasi).

Murojaat uchun: +99878 140 27 08

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!