O`zbekiston-Avstriya mamlakatlarini ilmiy-amaliy soxadagi xamkorligining yangi bosqichi Universitetda Avstriyaning “AVL List GmbH” kompaniyasi Mintaqaviy biznesni rivojlantirish bo’yicha direktori U. Erbar va “Ilg’or modellashtirish texnologiyalari” biznesni rivojlantirish direktori A. Skripnik bilan universitet rektori O. Abduraxmanov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S. Shaumarov hamda “Transport vositalari muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida vakillar kelgusida o‘zaro akademik almashinuvchanlik, avtomobil trasnportini modellashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.