OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’ZBEKISTON-BELORUSIYA “1+1” TA’LIM DASTURIDA KELISHUV IMZOLANDI

Bugun Belarus milliy texnika universiteti rektori – S.V.Xaritonchik hamda Xalqaro hamkorlik dekani P.I.Shirvel va Belarus-O’zbekiston fanlararo amaliy texnik malaka instituti direktori I.I.Gancherenok Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ta’limning “1+1” formati (2 yillik o‘qish) bo‘yicha II bosqich qo‘shma magistratura ta’limi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Dastur quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:
– o‘quv-uslubiy ishlarni olib borish, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, shuningdek malaka oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvi;
– o’qitish va ilmiy ishlarni bajarish uchun magistrlar almashinuvi;
– birgalikda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar yaratish va yozish.