Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’ZBEKISTON – FRANSIYA TA’LIM FORUMI

O’ZBEKISTON – FRANSIYA TA’LIM FORUMI

7-oktabr Toshkent shahrida “O’zbekiston-Fransiya ta’lim Forumi” o’z ishini boshladi. Fransiyaning oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritadigan “CAMPUS FRANCE” tashkiloti, Parij xalqaro moda akademiyasi, Rena kimyo oliy milliy maktabi, Fransiya Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi, Bordo universiteti va boshqa ta’lim muassasa vakillari tashrif buyurdi. Forum doirasida oliy ta’lim tizimida o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, o’zaro aloqalar olib borish maqsadida ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o’rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun Fransiya oliy ta’lim muassasalarining taqdimotlari – “Fransiya ta’lim ko’rgazmasi – 2021” tashkil etildi.
Forum yakunida ikki tomonlama o’zaro hamkorlik yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram