Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 10 nafar prorektoriga KFU tomonidan malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 10 nafar prorektoriga KFU tomonidan malaka oshirish sertifikatlari topshirildi

Qozon federal universiteti boshqaruv, iqtisodiyot va moliya institutining “Innovatsion, texnologik va ijtimoiy rivojlanish ochiq instituti” Oliy maktabida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining 10 nafar prorektoriga malaka oshirish sertifikatlari topshirildi.
“Intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish” dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari vakillari KFU tashqi aloqalar bo‘yicha prorektori Timirxon Alishev va KFU raqamli transformatsiya va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dmitriy Pashindan hujjatlarni qabul qilishdi.
Quvonarlisi, Toshkent davlat transport universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Said Shaumarovga ham KFU tomonidan sertifikat topshirildi.
Avvalroq, KFU O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirgan loyiha doirasida yana o‘n nafar prorektor malaka oshirgan edi.
Bugungi kunda Qozon universiteti O‘zbekistonning 42 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi. O’zaro hamkorlikning asosiy shakli qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishdir.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!