Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hindiston – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Hindiston – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etdi

Davlatimiz rahbari “Hindiston – Markaziya Osiyo” formatidagi amaliy hamkorlikni ilgari surishning strategik ustuvor yo‘nalishlarini belgilab, bu borada aniq takliflarni ilgari surdi.

O‘zbekiston Prezidenti mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi transport aloqalari samaradorligini oshirish va zamonaviy infratuzilma yaratish masalalarining ustuvor ahamiyatini qayd etdi.
“Quruq” portlar tarmog‘ini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, yuk tashishda chegirma va imtiyozli tariflar taqdim etish, bojxona tartibotlarini soddalashtirish maqsadida Transport vazirlarining ko‘p tomonlama uchrashuvlari mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari va ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar bayon qilingan Dehli deklaratsiyasi qabul qilindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!