OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-yanvar kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tashabbusi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Xitoy davlat rahbarlarining videoanjuman shaklidagi uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti “Xitoy – Markaziy Osiyo” yo‘nalishida uzluksiz yuk oqimini ta’minlash va transmintaqaviy logistika tarmoqlarini rivojlantirish uchun tizimli yechimlar ishlab chiqish muhim ekanini qayd etdi. “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘lini barpo etish loyihasini amalga oshirishni joriy yildayoq boshlash taklif etildi.

Davlatimiz rahbari sammit ishtirokchilari e’tiborini raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish zarurligiga qaratdi. IT-parklar negizida “Intellektual Ipak yo‘li” qo‘shma platformasini yaratish taklif qilindi.

Mamlakatimiz yetakchisi kelgusi yilni “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili” deb e’lon qilishni, unda asosiy e’tiborni akademik va talabalar almashinuvi dasturlariga, yoshlar forumlari va sport musobaqalarini o‘tkazishga qaratishni taklif qildi.

Sammit yakunida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada mustahkamlashning muhim masalalariga doir umumiy yondashuvlar aks topgan Qo‘shma bayonot qabul qilindi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!