O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 martdagi «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5975-son Farmoniga muvofiq universitetda talaba-yoshlarni oilasiga qo’shimcha daromad kiritish va kambag’allik darajasini kisqartirish maqsadida “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda 2020-yilning 20-oktabr kunidan etikduzlik, chevarchilik hunarini o’rgatish bo’yicha talabalar turar joylarida to’garaklar tashkil etilgan.