Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida erishilgan…

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Yo’l xarita” lari bo’yicha 2021 yil 22 noyabrda №02-RA 2/1-2641 sonli bayonnomasi ikkinchi O’zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo’l xaritasi”) Toshkent davlat transporti universiteti bilan Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universiteti hamkorligida “Temir yo’l transportining ilmiy-tadqiqot ekspert markazi” ni tashkil qilish bo’yicha III Xalqaro Betankur muhandislari forumi doirasida amaliy ishlar ijrosini ta’minlash bo’yicha 2021 yil 2-3 dekabr kunlari uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Bo’lib o’tgan muzokaralar natijasida markaz faoliyatini tashkil etish uchun chora-tadbirlar rejasi, markaz faoliyatini samarali tashkil etish uchun uskunalar (jihozlar) ro’yhatini tasdiqlash va xarid qilib, laboratoriyani akkreditatsiyadan o’tkazish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasiga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini ta’minlashga qaratilgan “Yo’l xarita” lari bo’yicha 2021 yil 22 noyabrьda №02-RA 2/1-2641 sonli bayonnomasi ikkinchi O’zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo’yicha amaliy harakatlar rejasi (“yo’l xaritasi”) Toshkent davlat transport universiteti hamda Sankt-Peterburg davlat temir yo’llari universiteti professor-o’qituvchilari va soha ekspertlari tomonidan tashkil qilingan “НВЦ Вагоны” AJ hamkorligida “Temir yul harakatlanuvchi tarkibi” ilmiy- tadqiqot markazini tashkil qilish bo’yicha III Xalqaro Betankur muhandislari forumi doirasida amaliy ishlar ijrosini ta’minlash bo’yicha 2021 yil 3-4 dekabr kunlari uchrashuvlar bo’lib o’tdi.
Bo’lib o’tgan muzokaralar natijasida markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlarni, markaz mutaxassislari tomonidan mahalliy yuk, yo’lovchi hamda metropoliten vagonlarni ishlab chiqarishini tashkil etish maqsadida vagonlarning loyihasini ishlab chiqish bo’yicha kelishuvlarga erishildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram