2021-yil 22-27-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “INNOWEEK 2021” yillik innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida O‘zbekistonga Ukraina ta’lim va fan vaziri S.Shkarlet boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibiga, jumladan, 12 nafar Ukraina OTMlari rektorlari ham kiritilgan. Tashrif davomida O‘zbekiston va Ukraina OTMlari rektorlari ishtirokida Toshkent, Samarqand va Buxoroda davra suhbatlari va uchrashuvlar rejalashtirilgan. Davra suhbati kecha Toshkent davlat transport universiteti binosida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti Ukraina Milliy aviatsiya universiteti va Kiyev Milliy qurilish va arxitektura universiteti bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar tuzildi. Shartnomada:
shuningdek, muhandislik, ilmiy va ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; g‘oyalar, axborot va texnologiyalar almashinuvi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kelishilgan ustuvor yo‘nalishlar doirasida qo‘shma ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni tashkil etish masalalari kelishildi.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram