Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’zbekiston va Turkiya tajribasi yangi bosqichda

O’zbekiston va Turkiya tajribasi yangi bosqichda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 25-iyunida Turkiya kompaniyasi tomonidan Toshkent xalqa yo‘li va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida qurilayotgan 6 tasmali yo‘l o‘tkazgichiga tashrifi doirasida Toshkent davlat transport universitetiga ko‘priksozlik soxasidagi yetuk malakali kadrlarni tayyorlash jarayoniga Turkiya Respublikasi qurilish tajribasini o‘rganish va tadbiq etish vazifasi yuklatildi.

Shunga javoban Turkiyaning “Metag group” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo’yicha menejeri Osman Aricanli bugun Toshkent davlat transport universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “Metag group” kompaniyasi va universitetimizdagi ikkita qurilish fakulteti bilan yangi qo’shma qurilish kompaniyasi tashkil etish bo’yicha memorandum imzolandi.
Endilikda universitetimiz talabalari bevosita amaliyot jarayonlarida yanada faolroq bo’lish imkoniyatiga ega bo’ladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram