OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari

O’zbekistonda gender tenglikning huquqiy asoslari

Ma’lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o’rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat siaftida ma’qullangandi. Hozir davrda O’zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta’minlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o’zi kifoya emas. Gender tenglik jamiyat rivojida muhim bo’lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi bugungi kunda yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bugun oilada, jamiyatda, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani natijasida universitetda ham katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, har o’quv yilida Toshkent davlat transport universitetiga qabul qilinayetgan talabalarning 5-8%ni xotin-qizlar tashkil etayotgan bo’lib, ularning barchasi o’quv dasturida belgilangan fanlarni to’liq o’rganib, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadr bo’lib chiqishlari, 272 nafar ayol professor o’qituvchilar uchun ilmiy ish olib borish axborot rusur markazida barcha sharoitlar yaratilgan. Bitiruvchi qizlarning 100% sohasi bo’yicha ishga joylashtiriladi.
Ayol-xodimlarning 14 yoshgacha bo’lgan 2 nafar farzandi borlarga mexnat ta’tiliga qo’shimcha dam olish kunlari beriladi, farzandlarni madaniy-madaniy dam olishlari uchun teatr, muzey, istirohat bog’lariga chiptalar, yozgi oromgohlarga yo’llamalar berib boriladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram