Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O‘zbekistondagi 35 ta universitetga “Moliyaviy mustaqillik” berish bo’yicha prezidentning ikkita qarori imzolandi

O‘zbekistondagi 35 ta universitetga “Moliyaviy mustaqillik” berish bo’yicha prezidentning ikkita qarori imzolandi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqillik berish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta qarori imzolandi.

Qarorga muvofiq Respublikaning 35 ta yetakchi davlat oliy taʼlim muassasalariga 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik, 2022/2023 oʼquv yilidan boshlab esa akademik va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqillik beriladi.

Unga ko’ra moliyaviy mustaqil oliy ta’lim muassasalarida vasiylik kengashlari tugatilib, tarkibi kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat kuzatuv kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek,moliyaviy mustaqillik berilayotgan oliy ta’lim muassasalari uchun ijtimoiy soliqning 12 foiz miqdoridagi stavkasini qo’llash va boshqa imtiyozlarga ega bo’ladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!