Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

O’zbekistonga Xitoydan navbatdagi elektrovoz keltirildi

O’zbekistonga Xitoydan navbatdagi elektrovoz keltirildi

“O’zbekiston temir yo’llari” AJning “Termiz mintaqaviy temir yo’l uzeli” UKga Xitoydan keltirilgan zamonaviy va yuqori quvvatga ega bo‘lgan yuk va yo‘lovchi lokomotiviga ega bo’ldi. Eslatib o’tamiz, uni sotib olish Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Lokomotivlarni sotib olish yo‘li bilan lokomotivlar parkini yangilash” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Xitoy davlat xolding kompaniyasi CRRC Group (China Railway Rolling Stock Corporation – “Xitoy temir yo’l kompaniyasi”)da O‘zbekiston iqlim sharoitlarini inobatga olib ishlab chiqarilgan elektrovozlar mana bir necha yildan beri o‘zini yaxshi tomonidan ko‘rsatib kelmoqda. Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 o‘qli yo‘lovchi va yuk elektrovozi bo‘lib, uning quvvati 9,600 kVt ni tashkil etadi. Uning quvvati tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida og‘ir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga ko’ra, mazkut turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 km.gacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati – 40 yil.

Elektrovoz TOSHIBA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jixozlangan bo‘lib, ushbu tizim elektravozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga o‘z vaqtida xabar beradi. Ya’ni elektravozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jixozlarining holati, tormoz tizimi, havfsizlik tizimi, radioaloka tizimi va boshqa tizimlarning sozligi buyicha monitor orqali ko‘rsatib turadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!