Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“O‘zbekkosmos” agentligi Transport universiteti talabalariga grant tavsiya etdi

“O‘zbekkosmos” agentligi Transport universiteti talabalariga grant tavsiya etdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Aeronavigatsiya tizimlari kafedrasi hamkorligi doirasida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«O‘zbekkosmos» agentligi mutaxassislari talabalarga agentlikning faoliyat yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari bilan tanishtirdi. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni turli iqtisodiyot tarmoqlariga tadbiq etish rejalari, talabalar bilan doimiy muloqotda bo‘lish ahamiyati va agentlik tomonidan shu kungacha erishgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqotda «O‘zbekkosmos» agentligi va Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) bilan hamkorlikda 2022/2023 o‘quv yili uchun “Science Master Program” magistratura dasturi doirasida «Aerokosmik tizimlar muhandisligi» yo‘nalishi bo‘yicha to‘liq qoplanadigan grant asosida Koreyada ta’lim olish uchun tanlov e’lon qilinganligi bildirildi va qiziqish bildirgan talabalardan faol ishtirok etish so‘raldi.

Shuningdek, Moskva aviatsiya instituti magistratura mutaxassisliklariga grant asosida o‘qishga taklif etildi.
Ochiq muloqotda talabalar mamlakatimiz aviakosmik texnologiyalar borasida ko‘zlagan rejalari yuzasidan o‘z mulohazalarini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida agentligi mutaxassislari bilan kelgusida amalga oshiriladigan hamkorlikdagi talabalar tomonidan turli muvaffaqiyatli ilmiy-izlanish startap loyihalar taklif berish borasida kelishib olindi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram