Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Polsha davlat amaliy fanlar akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Polsha davlat amaliy fanlar akademiyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi

Toshkent davlat transport universiteti hamda Polsha davlat amaliy fanlar akademiyasi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Joriy yilning aprel oyida Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi vakillari va Polsha davlati senatori, Polsha davlat amaliy fanlar akademiyasi rektori professor Yuzef Zayts bilan uchrashuv bo’lib o’tgan edi. (https://tstu.uz/?p=36756) Tashrifdan maqsad Toshkent davlat transport universiteti tarkibida Lyublin Xelm shahrida joylashgan Polsha amaliy fanlar akademiyasi bilan ilmiy, ilmiy-texnikaviy va innovatsion faoliyat sohasidagi uzoq muddatli samarali munosabatlarni mustahkamlash va rivojlantirish, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashdan iborat. Fanlar akademiyasida samolyot va vertolyot pilotlari, aviatsiya muhandislari, meditsina va boshqa sohalar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi. Toshkent davlat transport universiteti 1-kurs talabalari kreditlari inobatga olinib, 2-kursdan o’qishni u yerda davom erttirish, hamda 1-kursdan boshlab grand asosida o’qishga qabul qilinib 3,5 yil o’qib 6 ta litsenziyaga ega bo’lishlari mumkin.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!