Avval xabar berganimizdek, Polshada “Intellektual transport tizimlari” kongressi bo’lib o’tdi. Kongress davomida Polshaning intellektual transport tizimlari assotsiatsiyasi prezidenti Marek Litvin bilan kelishuv imzolandi. Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Turayev Baxodir Xatamovich, O’zbekiston Respublikasi elchixonasi xodimlari ishtirok etishdi. Ushbu kelishuvga asosan Toshkent davlat transport universitetida kelajakda ITT o’quv, ilmiy-amaliy laboratoriya tashkil etiladi. Talabalar, magistrantlar hamda tadqiqotchilar ushbu laboratoriyada o’z ilmiy izlanishlarini olib borish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shohsanam Maxamadjanova