Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

PRESS-RELIZ

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021yil 2 martdagi 78-F-sonli farmoyishi asosida Toshkent davlat transport universitetida 2021 yil 26-27 noyabrь kunlari “Transport va logistika: respublika transport-tranzit salohiyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy konferentsiyasi o’tkazilmoqda.
Konferentsiyani tashkil qilishdan ko’zlangan asosiy maqsad zamonaviy transport logistikasi tizimi faoliyatini tashkil etish va raqamlashtirishga oid dolzarb ilmiy va amaliy muammolarini muhokama etish hamda iqtisodiyotning turli sohalarida transport-logistika jarayonlarini takomillashtirish hisobiga resurslar oqimini optimallashtirish bilan bog’liq kompleks ilmiy-amaliy yechimlarni ishlab chiqish, tadqiqotchilar va mutaxassislar tomonidan olingan ilmiy natijalar asosida vakolatli davlat va xo’jalik boshqaruv organlari uchun tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Konferentsiyaning yalpi majlisida Universitetda tayyorlanayotgan kadrlarning asosiy iste’molchilari O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ, Navoiy kon-metallurgiya kombinati hamda xalqaro ekspeditorlik kompaniyalarining mutasaddi vakillari, shuningdek sohaning taniqli olimlari an’anaviy shaklda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferentsiya ishi zamonaviy transport-logistika bozori ishtirokchilari faoliyatini tashkil etishning institutsional, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ta’lim masalalari; transport-logistika tizimi faoliyatini tashkil etish va boshqarishda raqamli texnologiyalar; yo’l tarmoqlarida logistika xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari hamda transport logistikasida texnologiyalar, ekologiya va harakat xavfsizligini ta’minlash mavzulariga taalluqli 4 ta sho”bada davom ettirildi. Sho”balarda ma’ruzalar va ularning muhokamasi ZOOM platformasida “onlayn” rejimida o’tkazildi.
Konferentsiyaga 200 dan ortiq maqola va tezislar (shundan 10 dan ortig’i xorijiy) taqdim etildi. Ularda zamonaviy transport va logistika tizimini rivojlantirishda nazariy muammolar, uning faoliyatini tashkil etishning institutsional, tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy asoslari, yo’lovchi va yuk oqimlarini maqbullashtirishda raqamli texnologiyalarni qo’llash, xalqaro transport koridorlarining transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish, harakat xavfsizligini ta’minlashda intellektual transport tizimlaridan foydalanish, transport logistikasida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va resurstejamkor innovatsion texnologiyalar, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning korporativ hamkorligi hamda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish muammolari yoritilgan.
Konferentsiya ishida transport sohasida davlat va xo’jalik organlari boshqaruvi vakillari, mutaxassislar, professor-o’qituvchilar, doktorantlar, ilmiy xodimlar, mustaqil-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Konferentsiya yakunlari bo’yicha ma’ruzalar tahlil etilib, mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy natijadorligi umumiqtisodiy, alohida tarmoqlar va sub’ektlar kesimida umumlashtirilib, rezolyutsiya taqdim etiladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram