Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Prezident: Har bir kafedra o’z yo’nalishida kamida 2 ta chet el oliygohi kafedralari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi kerak

— Har bir kafedraning faoliyati ilmiy salohiyat darajasi va yoshlarni selektsiya asosida ilmiy faoliyatga jalb etish ko’rsatkichlariga qarab baholanadi. — deya ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev, — O’tgan 3 yilda respublika bo’yicha mavjud 30 ming nafar professor-o’qituvchilardan bor-yo’g’i 2,3 ming nafari nufuzli xalqaro jurnallarda maqola chiqargan. Bizga boshqa mamlakat professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda ish yuritadigan ustozlar kerak. Har bir kafedra o’z yo’nalishida kamida 2 ta chet el oliygohi kafedralari bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishi kerak. Shuningdek, har yili mavjud 1,5 mingta kafedralarning 1 nafardan yosh olimlarini xorijiy nufuzli oliygohlarga stajirovkaga yuborish yo’lga qo’yiladi.

Yig’ilishda ikki oy muddat ichida kelgusi yilda xorijga stajirovkaga yuboriladigan professor-o’qituvchilar ro’yxatini tasdiqlab, hukumatga taqdim etilishi belgilandi. Stajirovka xarajatlarining yarmi oliygoh tomonidan, qolgan yarmi byudjetdan qoplab berilishi va bunga joriy yilda byudjetdan 20 milliard so’m mablag’ ajratilishi ham . Rektorlar har bir kafedra huzurida ilmiy-tadqiqot markazlarini tashkil etib, ularning o’ziga daromad topishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Har bir rektor ushbu markazlar faoliyatini samarali boshlashi uchun o’quv, laboratoriya va boshqa moddiy-texnika vositalariga kamida 1 milliard so’mdan mablag’ ajratsin.

Oliygoh rektorlari ikki oy muddatda 1,5 mingta kafedraning tarmoq korxonalari bilan samarali hamkorligini yo’lga qo’yilsin.

Hamkorlikning shakllari, talablari, kafedra va korxonaning o’zaro majburiyatlari, ya’ni amaliyotdagi qanday muammolar ilm orqali hal qilinishi aniq belgilanishi kerak.

Leave a Reply