Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi va xalqaro aeroportda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga keldi va xalqaro aeroportda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Ma’lumki, bu «Havo darvozasi» qariyb 83 million dollarlik loyiha evaziga yangidan qurilmoqda. O‘tgan yili uchish-qo‘nish yo‘lagi qayta qurilgan edi. Bugungi kunda yangi terminal to‘liq tiklanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda. Yo‘l, avtoturargoh va yoritish ustunlari barpo etilmoqda.

Mirzo Ulug‘bekning buyuk merosi Samarqandning timsoliga aylangan. Shu bois yangi aeroport binosi alloma bobomizning «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» kitobi shaklida barpo etilgan. Terminalning eni 175, balandligi 25 metr. Bir soatda 800 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi.

Aeroportda “Ochiq osmon” rejimi qo‘llaniladi, kargo xizmati ham yo‘lga qo‘yiladi. Yangi terminal kelgusi oyda foydalanishga topshiriladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!