Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Prezident transport-logistika tarmog‘ining ishonchli faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish uchun topshiriq berdi

Prezident transport-logistika tarmog‘ining ishonchli faoliyatini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish uchun topshiriq berdi

Davlatimiz rahbari Vazirlar Mahkamasiga O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo’lgan ayrim mamlakatlarda yuzaga kelayotgan vaziyatni hisobga olgan holda, vujudga kelishi mumkin bo’lgan barcha salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni yumshatish bo’yicha respublikamizning har bir tarmog’i va hududi kesimida aniq chora-tadbirlarning batafsil Rejasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Moliya tizimining barqarorligi, korxonalarning uzluksiz ishlashi va rejalashtirilgan investitsiya loyihalari o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tarmoq va hududlar rahbarlari oldiga transport-logistika tarmog’ining ishonchli faoliyatini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rish, bunda eksport geografiyasi yanada diversifikatsiya qilinishini ham hisobga olish vazifasi qo’yildi.

Viloyatlar hokimlariga aholini ijtimoiy himoya qilish ishlarini kuchaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish va ishsiz aholi bandligini ta’minlashni jadallashtirish, shuningdek, inflyatsiya darajasini doimiy monitoring qilish va iste’mol bozorida narxlarning keskin tebranishlariga yo’l qo’ymaslik bo’yicha avvaldan chora ko’rish zarurligi alohida ko’rsatib o’tildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!