Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Prezidentimiz Andijon shahridagi Bobur shoh ko’chasini birlashtiruvchi temir yo’l ustidan o’tadigan yo’l o’tkazgich loyihasi bilan tanishdi.

Ko’prik qurilish sohasida to’plangan tajriba hamda tizimga zamonaviy texnika texnologiyalarni jalb qilib, xorijlik hamkorlar bilan samarali ish yuritish natijasida so’nggi paytlarda yurtimizda monolit usulda ko’prik va yo’l o’tkazgich qurish yo’lga qo’yildi.

Ta’kidlash lozim, bunday ko’priklarning foydalanish muddati ham ko’proq bo’ladi. Monolit usulda bunyod etilayotgan yo’l o’tkazgichlarning qurilishida xomashyo ob’ektning o’zida qayta ishlanadi. Bu muhim jihat. Boshqa usuldagi ko’prik qurilishida ishlatiladigan oraliq qurilmalar, yig’ma temir-beton konstruktsiyalar zavod sharoitida quyiladi. Odatda maxsus zavodlarda tayyorlangan katta o’lchamdagi konstuktsiyalarni ob’ektga olib kelish esa qator noqulayliklar tug’diradi. Og’ir yuk ko’taradigan texnika va avtokranlarga zarurat tug’iladi. Yangi usulda ko’prik qurilishida bu kabi muammolar bo’lmaydi. Bu ko’prikda har bir material joyida tayyorlanadi. Shuningdek, monolit oraliq qurilmali ko’priklarning deformatsion choklardan xalos bo’lgani natijasida avtomobillarning ravon harakatlanishi ta’minlanadi.

Andijon shaxrida qurilishi taklif etilayotgan yo’l o’tkazgichning umumiy uzunligi 695, kengligi 26 metr. 4 polosali yo’l bo’lishi ko’zda tutilgan. Shundan, ko’prikning transport qatnov qismi kengligi 15 metr, piyodalar yo’lagi kengligi ikki tomonda 2,25 metrdan bo’lishi belgilangan. Eng baland nuqtasi 10 metr.

Mazkur yangi inshoot qurilishi Andijon shahrida transport infrastrukturasini yaxshilash, tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash va bu yerga keladigan sayyohlar hamda yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumotlarga ko’ra, yo’l o’tkazgich bunyod etilishi natijasida Gogolь, Sanoat, Farg’ona, Paxtakor, Amir Temur shoh ko’chalari 5 kilometr aylanma yo’li masofasi qisqaradi, bir yilda 292 tonna yonilg’i-moy mahsulotlari iqtisod qilinadi, yuk va yo’lovchilar tashish vaqti 25 foizga qisqaradi. Bundan tashqari, atmosferaga ajralib chiqadigan moddalar cheklangan miqdori bir yilda 4 tonnaga kamayadi.

Yo’l o’tkazgich buyurtmachisi – Avtomobilь yo’llari qo’mitasi. Loyiha qiymati – 136 milliard so’m.

Davlatimiz rahbari birinchi navbatda sifat va dizaynga e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

Leave a Reply