Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Professor Han va dotsent Abdullayev R.B. bilan birgalikga ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.

Professor Han va dotsent Abdullayev R.B. bilan birgalikga ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.

Universitetimizda Koreya Respublikasidan olim, PhD, professor Han Sung Woo Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalariga o‘z dars mashg‘ulotlarini boshladi. Bugun universitetning Avtomatika va telemexanika kafedrasida professor Han AB-1 guruhida “Avtomatika va telemexanika elektr ta’minoti” fanidan kafedra dotsenti Abdullayev R.B. bilan birgalikga ma’ruza mashg’ulotini olib bordi.

Professor Han mashg’ulot davomida “Birlamchi va ikkilamchi kimyoviy ta’minot manbalari” mavzusida o‘zining elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha ko‘p yillik ilmiy va amaliy tajribasidan kelib chiqib talabalar bilan bilimlarini ulashishdi. Dotsent Abdullayev R.B. temir yo‘l sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy kimyoviy ta’minot manbalari bilan talabalarni tanishtirib bordi. Bu turdagi formatda olib borilgan ma’ruza mashg‘uloti talabalarda juda katta qiziqish va ijobiy taassurot qoldirdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!