OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Psixologik tarbiya ta`lim bilan uzviy bog’liq

Psixologik tarbiya ta`lim bilan uzviy bog’liq

Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2017-yil 23-avgustdagi 600-sonli buyrug`i 5-ilovasidagi “Oliy ta`lim muassasi psixologining namunaviy lavozim yo’riqnomasi” asosida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalarida tizimli ishlar olib borilmoqda. Qilinayotgan ishlar, katta hayotga endi qadam qo’yib, psixologik ko’makka muhtoj yoshlar uchun ayni muddao bo’lmoqda. Oliy o’quv yurtlarinining yurtimizga salohiyatli kadrlar yetkazib berishida psixologik tarbiya ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonlardan Toshkent davlat transport universiteti ham chetda qolmasdan aniq ish rejalar asosida keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqda.

         “Shaxs kamoloti va intelektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish” bo’yicha o’tkazilgan trening; xotin-qizlarni taziyqlar va zo’ravonlikni barcha shakillaridan himoya qilish mazuidagi seminar trening; universitet talaba yoshlari ishchi-xodimlari uchun berib boriladigan doimiy konsultatsiyalar kabi qator ishlar shular jumlasidandir. 

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram