Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to’xtatiladi

Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to’xtatiladi

Hukumat qarori (377-son, 08.07.2022-y.) bilan Yo’l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo’lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to’g’risida nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko’ra, transport vositalarining harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug’lik diodli ekran orqali ishora berish yo’li bilan tartibga solinadi.

Ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo’lak bo’ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo’lak bo’ylab to’siqsiz harakatlanadi.

“Qizil” yo’lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo’yicha harakat qatnashchilarining hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo’yicha to’lov amalga oshirilganidan so’ng, ularning harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.

Qarzdorlik to’lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to’xtash joylariga joylashtiriladi. 

Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, jumladan, qarzdorlikka asos bo’lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko’rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!