OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

QIZLAR KAMOLOTI- BUYUK JAMIYAT POYDEVORI

QIZLAR KAMOLOTI- BUYUK JAMIYAT POYDEVORI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlarni bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora tabirlari to’g’risida”gi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni va “O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602- son Qarori hamda 2020 yil 24 apreldagi O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi konferentsiyasining ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bilan bevosita mas’ul bo’lgan Xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengashlar tuzilib, jamoatchilik asosida Kengash raisi-Xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi maqomi berildi.
Yuqorida qayd etilgan xujjatlarning ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent davlat transport universitetida ham Xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengashlar tuzildi. Fakulьtet va bo’lim xotin-qizlar masalalari bo’yicha yetakchilar, “Qizlarjon klubi” raisi, “Olima ayollar” kengashi raisi, Talabalar turar joylaridagi pedagog tarbiyachilar, universitet psixologi Kengashga a’zolari etib tayinlandilar. Belgilangan reja asosida kengash a’zolari talaba qizlar, universitetda faoliyat yuritayetgan xotin-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar olib borib, xotin-qizlarning mehnat jamoalarida, davlat va jamoat boshqaruvi sohasidagi rolini kuchaytirish, ularni ijtimoiy-xuquqiy jihatdan qo’llab-quvvatlash borasida maqsadli ishlar tashkil etishga ko’maklashish, xotin-qizlarning muammolarini o’z vaqtida aniqlash, yordamga muxtoj va og’ir ijtimoiy sharoitga tushib qolgan xotin-qizlarning,shu jumladan, nogironligi bo’lgan ayollarga psixologik, ijtimoiy xuquqiy va moddiy yordam ko’rsatish, yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning xuquqiy va psixologik asoslarini o’rganish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari, xotin-qizlarni tayziq va zo’ravonlikdan himoya qilish sohalarida ishlar olib boriladi. Jamiyatimizning taniqli, el-yurt xurmatiga sazovor bo’lgan soxa mutaxassislari balan uchrashuvlar, davra suxbatlari tashkil etildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram