Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qoʻshma fakultet talabalari “Murad Buildings” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan inshootga tashrif buyurdi

Qoʻshma fakultet talabalari “Murad Buildings” kompaniyasi tomonidan qurilayotgan inshootga tashrif buyurdi

So‘nggi yillarda qurilish sohasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa soha vakillariga, hamda mazkur sohaning egasi bo‘lish arafasida turgan yoshlar uchun ham mas’uliyatli jarayon bo‘lmoqda.
Bugungi kunda yetishib chiqayotgan kadrlarga ko‘proq e’tibor qaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash muhim masalalardan biridir. Yosh kadrlarni soha bilan har tomonlama uzviy bog‘lash, nazariya bilan amaliyot jarayonlarini muttasil olib borish, tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan talabalarni mutaxassisligi bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish tizimida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarning eng ustuvor vazifalaridan biridir.
Qo‘shma fakultetda tahsil olayotgan bo‘lajak soha vakillarini yetuk kadrlar bo‘lib shakllanishida yanada ko‘maklashish, ularni sohada faoliyat yuritish bo‘yicha ko‘nikma va bilimlarini yanada oshirish maqsadida Belarus milliy texnika universitetidan tashrif buyurgan o‘qituvchi Bruder Inessa Konstantinovna boshchiligi “Murad Buildings” kompaniyasi tomonida qurilayotgan ko‘p qavatli binoga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari, qurilish me’yorlari va normativ hujjatlar to‘plami bilan tanishib chiqdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!