Joriy yilning 18-20 aprel kunlari birinchi o‘zbek yo’lchi olimasi, t.f.n, Мoskva avtomobil yo’llari davlat texnika universiteti va Jizzax politexnika instituti faxriy professori, O‘zbekiston yo‘l ustalari faxriy ustozi va Yevropa injener pedagogi diplomi sohibasi Qodirova A’loxon Rasulovnaning yorqin xotirasiga bag‘ishlab TDTrU kengashining 2021-yil 8-noyabrdagi yig’ilishi qaroriga asosan “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi tomonidan, “Avtomobil yo’llarini loyihalash” fani bo’yicha olimpiada tashkil etildi. Olimpiada 3 bosqichda o‘tkazilib, talabalar 1-boschichda o‘zbek, rus, ingiliz tillarida diktant, 2-bosqichda mutaxassislik fanlaridan suhbat, 3-bosqichda test va kompyuter grafikasida mutaxassislik fanlariga doir chizmalarni chizish bo‘yicha topshiriqlarni bajarishdi.
G‘oliblar va qatnashchilar akademik Sarvar Qodirov tomonidan rag‘batlantirildi.