“Qo’qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK rahbariyati bilan joriy yilning 22-aprel sanasida uchrashuv bo’lib o’tdi va unda Farg’ona, Andijon, Namangan viloyatidan bo‘lgan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda ”Qo’qon mintaqaviy temir yo’l uzeli” – Millajonov Baxtiyor Parpiyevich va rahbariyat vakillari qatnashdi.
Mutasaddi xodimlar uchrashuv davomida “Qoʻqon mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UKning asosiy faoliyati bilan tanishtirish va kelajakdagi rejalari bo’yicha ma’lumot berish bilan bir qatorda yangi kadrlarga qo’yilayotgan talablar, universitetimiz talabalarini amaliyotga jalb qilish va ishga qabul qilish masalalari bo’yicha ma’lumotlar berib o’tishdi. Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi va bir qator iqtidorli talabalarga korxonaning esdalik sovg’alari topshirildi.