Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qo’shimcha ma’lumotlar

Qo’shimcha ma’lumotlar

1) Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham) O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

2) Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus elektron tizimga quyidagi xujjatlar yuklanishi lozim:
– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida o‘qib tugatganlar uchun);
– oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ilova nusxasi.

3) Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga qabul qilish test sinovi shaklida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasiga muvofiq (Matematika, fizika, kimyo, ingliz tili va h.k) bo‘lib o‘tadi

4) 2022/2023 о‘quv yilida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shakliga о‘qishga qabul qilingan talabalar Kredit-modul tizimiga о‘qishga qabul qilinadilar.

5) Ikinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda о‘qishga qabul qilingan talabalar uchun о‘quv kursi, о‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yо‘nalishining 2-kursidan boshlaydilar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!