Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qozog’istonning Qarag’anda texnika universiteti bilan yangi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Qozog’istonning Qarag’anda texnika universiteti bilan yangi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

So’ngi yillarda mamlakatimiz ta’lim sohasida keng miqyosli islohotlar amalga oshirildi. Ko’plab qo’shma dasturlar, fakulьtetlar, universitet va filiallari tashkil qilindi.

Transport universiteti ham tashkil etilgan ilk kunlardan ushbu islohotlarda o’z amaliy takliflarini olg’a surib, 2021-2022 o’quv yilidan Frantsiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiya kabi Yevropaning ilg’or universitetlari bilan qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish ustida ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumki, Qozog’iston ta’limi va innovatsiyasi ham o’z yutuqlari bilan nom qozonishga intilayotgan Markaziy Osiyodagi davlatlardan biri sanaladi. Qarag’anda texnika universiteti temir yo’l sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashda Toshkent davlat transport universitetining qator kafedralari bilan hamkorlik o’rnatgan.

Bugun Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Bahodir To’rayev ishtirokida Transport harakatini tashkil etish kafedrasi yetakchilari va Qarag’anda texnika universiteti Strategik rivojlanish va sheriklik departamenti direktori Aynagulь Toleuova boshchiligidagi delegatsiyaning onlayn muloqoti tashkillashtirildi.

Uchrashuv yakuniga muvofiq ikki universitet hamkorligida tashishlar, harakatni tashkil etish va transportdan foydalanish ta’lim yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qo’shma ta’lim dasturini ochishga kelishib olindi.

Leave a Reply