Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Qurilish mexanikasi” laboratoriyasiga Odilxo’jayev Eshon A’zamovich nomi berildi

“Qurilish mexanikasi” laboratoriyasiga Odilxo’jayev Eshon A’zamovich nomi berildi

Toshkent davlat transport universitetida 11-aprel kuni fan va texnika arbobi professor Odilxo’jayev Eshon A’zamovich tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Odilxo’jayev Eshon A’zamovich nomidagi “Qurilish mexanikasi” laboratoriyasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. O’zbekistonda xizmat koʼrsatgan fan va texnika arbobi, professor, “Materiallar qarshiligi” va “Qurilish mexanikasi” sohasidagi yirik olim va pedagog Odilxoʼjaev Eshon Аʼzamovich 100 yoshni qarshi olishi munosabati bilan Toshkent davlat transport universitetida 11-aprel kuni olim nomidagi “Qurilish mexanikasi” laboratoriyasi ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirni universitetimiz rektori, iqtisodiyot fanlari doktori O.Q.Abduraxmanov ochib berdi. Tadbirda professor Abdulaziz Artikbayev, olimning talabalaridan biri Larisa Vasilovna, shogirdlaridan Egamnazar Goyibnazarov va boshqalar olimning ilmiy faoliyati haqida ishtirokchilarga o’z xotiralaridan so’zlab berdilar. Eshon Agzamovichning bosib o’tgan ibratli hayot yo’li eslandi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!