Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qurilish muhandisligi 2-bosqich talabalari uchun oʻquv geodezik-geologik amaliyot boshlandi

Qurilish muhandisligi 2-bosqich talabalari uchun oʻquv geodezik-geologik amaliyot boshlandi

 
Qurilish muhandisligi fakulteti 2-bosqich 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (transport binolari), 5340600 – Yoʻl muhandisligi (temir yoʻllar qurilishi), 5340600 – Yoʻl muhandisligi (temir yoʻllar), 5340600 – Yoʻl muhandisligi (koʻpriklar va tonnellar), 5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (transport inshootlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya) ta’lim yoʻnalishi talabalari oʻquv geodezik – geologik amaliyotini Toshkent viloyati Qibray bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi va hududning dala poligonlarida oʻtash uchun joʻnab ketdi. Talabalar amaliyot davrida oromgoh va undan tashqari dala poligonlarida nazariy bilimlarini amalda qoʻllashni oʻrganadi. 
Amaliyot davrida talabalarga 30 dan ortiq professor-o’qituvchilar rahbarlik qilishadi. Shuningdek amaliyot davrida sport – sogʻlomlashtirish, ma’naviy – ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etish ham ko’zda tutilgan. 
Oʻquv geodezik-geologik amaliyot  25-avgustga qadar davom etadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!