Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qurilish muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari “Boshtransloyiha” AJ korxonasi bilan tanishdi

Qurilish muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabalari “Boshtransloyiha” AJ korxonasi bilan tanishdi

«Koʻpriklar va tonnellar» kafedrasi professor-oʻqituvchilari boshchiligida 1-bosqich talabalari «Boshtransloyiha» AJ korxonasida bo’lib, korxonaning ish vazifasi haqida maʼlumotga ega bo’lishdi.
Korxonada talabalarga loyiha oldi hujjatlar, texnik iqtisodiy asoslar, yangi temir yo‘l liniyalari, temir yo‘l shaxobchalari, sun’iy inshootlar, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlar, temir yo‘l vokzali, sohaga oid binolar, yer osti o‘tish yo‘li va temir yo‘llarni elektrlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlanmalar tayyorlanishi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi. Shu bilan birgalikda shu kungacha korxona mutaxassislari tomonidan sohada amalga oshirilgan bir qancha yirik loyihalar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tanishuv amaliyoti soʻngida talabalar soha mutaxassislaridan oʻzlariga kerakli boʻlgan savollarga javob olib qaytishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!